"Sport" telekanali yozda yana bir yirik turnirni translyatsiya qiladi

  • 13 mart, 2019, 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sport" telekanali yana bir nufuzli musobaqa translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi.

Berilgan ma’lumotlarga qaranda ushbu telekanal yozda Janubiy Amerikaning eng nufuzli futbol musobaqasi hisoblangan Kopa Amerika turnirini namoyish etadi. Ushbu turnir joriy yilning 14 iyunidan 7 iyuliga qadar Braziliyada bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli tomoni, ushbu musobaqada ishtirok etishga Osiyodan ikki jamoa - Yaponiya va Qatar ham taklif etilgan. Unga ko‘ra kunchiqar yurt vakillari musobaqaning  "C" guruhida Urugvay, Ekvador va Chili terma jamoalariga qarshi bahs yuritishadi. Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan qatarliklar esa "B" guruhidan joy olishgan. Ushbu guruhda Qatardan tashqari shuningdek Argentina, Kolumbiya va Paragvay terma jamoalari ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!