
Sportchilarimizdan bir shingil! (Beshinchi qism)
Sportchilarimiz tomonidan yuborilayotgan latifalarni sizning e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.
Anvar Turapov – bokschi, WBC Asia kamari soxibi
Er-xotin nonushta qilib o‘tirishardi. Bir payt eri xotiniga qarab:
- Asal choy ber, - debdi.
Buni eshitgan xotinining jahli chiqib:
- Qanaqa Asal? Men Nigoraman!!! Kim u Asal?, - deb baqira boshlabdi.
Eri esa:
- Sen Nigoramas, ahmoqsan! Sendan asalli choy so‘radim, - dermish... ???? ????
-------------------------------------------------------------------------------------------
Yangi yil bazmi dasturxon atrofida ikki do‘st aroq ichib turganda biri ikkinchidan so‘rapti:
- Nimaga ichganingda ko‘zlaringni yumasan?
- Xotinimga boshqa aroqqa qaramayman deb so‘z bergandim. :) :)
Feruz Yuldashev – bokschi, interkontinental kamari soxibi
Matbuot anjumanida Krishtiano Ronaldu maqtanayotgan emish:
- Men eng zo‘riman. Men eng kuchli futbolchiman. Men iste’dodman,- deb tursa, bir jurnalist o‘rnidan turib,
- Qiynalmay men – Messiman deb qo‘yaqoling,- dermish... ???? ????
-------------------------------------------------------------------------------------------
Jinni qo‘liga ko‘zgu oldi-da, tikilib turib sherigiga dedi:
- Qara, negadir manavi bashara tanish ko‘rinyapti.
- Qani, ber-chi!..
Ikkinchi jinni ham ko‘zguga tikilib turdi-da, qichqirdi:
- E, ahmoq, axir, bu menman-ku!
Azamat Bahodurzoda – aralash jang san’ati ustasi, Osiyo chempioni
Bir yaxshi sportchi bo‘lgan ekan. U musobaqalarning birida xalok bo‘libdi va jannatga tushibdi.
U erda ham musobaqalarda maza qilib tushib yurganmish-u, lekin bitta muammo bor ekan. Hakamlar yo‘q emish...
Sportchi ustozidan so‘rabdi:
- Ustoz nega musobaqalarda hakamlar yo‘q! Ular qaerda desa?
Ustoz:
Bilmaysanmi? Ular jahannamda dermish... ???? ????
Anvar Boynazarov – muaytaychi, jahon chempioni
Chol kampiriga:
- Bo‘g‘irsoq pishir , lekin bu safar to‘rtburchak qilib tayyorla, qochib ketmasin debdi... ???? ????
-------------------------------------------------------------------------------------------
- Ideal insonni qidirmang, bugun menda dam olish kuni, uydaman. ???? ????
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
- Yaxshi qiz nimaga men sizni oldinroq uchratmaganman?!
- Bilmadim balki sizni Alloh asragandur... ???? ????
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Bir qiz sevgilisidan surabdi :
- Jonim men o‘lsam nima qilasiz ?!
Yigit javob beribdi :
- Qiziqsana, jodugar o‘lganini qachon ko‘rgansan ? ???? ????
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Xotini eriga :
- Dadasi bugun tushimda menga Galaxy 11 olib beribsiz !!!!
Xotinjon senga nechi marta aytganman;
- Yomon tushni suvga aytish kerak deb. ???? ????
Ivan Efremov – og‘ir atletikachi, Osiyo , jahon chempionati g‘olibi va sovrindori
Narkoman chiqindi qutisi ustida chekib o‘tiribdi.
Militsiya kelib:
- Sen nega bu erda o‘tiribsan?
- Chekib o‘tiribman.
- Bu joy chiqindi uchun!
- Voy! Kechirasiz! O‘tiring, marxamat. ???? ????
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Avtobus to‘lib toshgan, o‘rta qatordan po‘sht-po‘sht ovozi eshitilyapti. Kutilmaganda, hammani bezovta qilayotgan bu yaramasni uloqtiring, degan xayqiriq eshitildi...
Shu on chiptachi javob berdi:
- Men yaramas emasman.
Shukurali Po‘latov - futbolchi
- Vey, ahmoqmisan? Nega o‘z darvozangga to‘p kiritding?
- Gol urishga juda qulay vaziyat paydo bo‘lib qoldi-da! :) :)
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
O‘yingohda futbol tomosha qilayotgan ayol eridan so‘radi:
- Nega anavi odamni hamma qarg‘ayapti?
- U hakamga pivodan bo‘shagan shishani irg‘itgandi.
- Shishasi tegmadi-ku!
- Shuning uchun ham qarg‘ashyapti-da!
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.
Fikrlar