
Sportchilarimizdan bir shingil! (To‘rtinchi qism)
Mana to‘rtinchi sonini ham siz aziz muxlislarimiz e’tiboriga havola etmoqdamiz. Asta-sekinlik bilan bu ruknga futbolchilarimiz ham diqqat e’tiborini qaratmoqda. O‘ylaymizki, sportchilarimiz tomonidan tuhfa etilayotgan ushbu latifalar orqali sizlarning yuzingizga biroz tabassum hadya etayotgan bo‘lsak, biz bundan xursandmiz!
Nodir Eliboev – futzalchi, O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempionati sovrindori
Bir kuni Eynshteyn poezdda bir arab bilan borardi. Uning zakovatini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.
- Keling, bir o‘yin o‘ynaymiz. Men bir savol beraman. Javobini bilmasangiz, menga 5 dollar berasiz. Keyin siz menga bir savol berasiz. Men javobini topolmasam, sizga 500 dollar beraman. Arab rozi bo‘ldi.
Eynshteyn so‘rayapti:
- Er tortishish kuchining sababi nimada?
Arab biroz o‘ylanib turdi-da, cho‘ntagidan 5 dollar chiqarib berdi.
Savol berish navbati arabga keldi:
- Nima toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda qaytib tushadi?
Eynshteyn rosa o‘ylandi. Do‘stlariga telefon qildi. Xech kim javobini topa olmadi.
Bir soatlardan keyin arabga 500 dollar berishga majbur bo‘ldi va so‘radi:
- Toqqa uch oyoqda chiqib, bir oyoqda tushadigan narsa o‘zi nima edi?
Arab cho‘ntagidan yana 5 dollar chiqarib, olimga uzatdi-da:
- Men xam bilmayman, - dermish. ???? ????
Abduqahhor Hojiakbarov – futbolchi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati sovrindori
Xotin so‘rabdi:
- Dadasi rostini ayting, “Real”ni mendan ham ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi?
Er:
-Nafaqat “Real”, “Milan”ni ham sendan ortiq ko‘raman jonim dermish... ???? ????
------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Mashhur futbolchi o‘z uyiga muxbirlarni chaqirib, uyida bor texnika anjomlarini birma-bir ko‘rsata boshlabdi:
- Mana bu televizor, bu konditsoner, bu muzlatgich, bu mikroto‘lqinli pech...
Muxbirlar xayron bo‘lib, nega bularni ko‘rsatayotganini so‘rashsa:
- Sizlar nuqul “bu futbolchining texnikasi yo‘q” deb gazetaga yozasizlar, sizlarga yana qanaqa texnika kerak?, - dermish... ???? ????
Doston Turdiev – bokschi, O‘zbekiston chempioni
Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
- Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
- Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi:
- Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
- Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
- Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi:
- Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chiqib:
- Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
- Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish... :) :)
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Poezd...
Kupeda go‘zal qiz va bir yigit o‘tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
- Kechirasiz siz ham shu poezdda ketyapsizmi, dermish... :) :)
Jasur Boyqo‘ziev – taekvondochi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempionati sovrindori
2 ta sevishganlar suhbati.
- Jon sigaret chekasiz-a?
- Ha, kent 8.
- 1 kunda qancha chekasiz?
- 1 kunda 1 pachka. Nima edi?
- Necha yoshingizdan boshlagansiz?
- 15 yoshimdan, nimaga so‘rayapsan o‘zi?
- Agar sigaret chekmaganizda hozir “Malibu” da yurgan bo‘lardiz.
- Sen o‘zing chekasanmi?
- Yo‘g‘e, joooon nimala deyapsiz?!!!
- Unda qani Malibu? ???? ????
Ahmed Alimbekov – kikboksingchi, Jahon chempioni
Bir kirpi bor ekan.
- U uzoq vaqt davomida o‘ljasining nafas olishini o‘rganishga harakat qilibdi.
- O‘rganibdi va damolmoqchi bo‘lib yotibdi-da, o‘lib qolibdi. :) :)
-------------------------------------------------------------------------------------------
- Tuyani besh kun suv ichmasdan yashashiga ishonmagan baliq, tuyaga minib, cho‘lga yo‘l olibdi... :) :)
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Bir qiz doktor yoniga kelib:
- Doktor, go‘zallik ham bir dard emish. Shu rostmi?
Doktor:
- Xotirjam bo‘lavering. Siz soppa-sog‘siz! :) :)
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.
Fikrlar