
JCh. O‘zbekiston - BAA: O‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik kim tomonda?
Xabaringiz bor, 5 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining saralash guruh bosqichida Birlashgan Arab amirliklari bilan kuch sinashadi. Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tish joiz, bo‘lajak uchrashuvdagi bir ochko ham bizni orzuyimiz ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi!
Xo‘sh, ikki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro statistikalarda ustunlik kim tomonda?
Ikki jamoa shu kungacha o‘zaro umumiy 18 bora to‘qnash kelgan. 9 ta uchrashuvda raqiblarimizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 5 ta bellashuvda vakillarimiz muvaffaqiyatga erishgan. 4 ta to‘qnashuv esa durang natija bilan yakunlangan. Terma jamoamiz ushbu bahslar davomida umumiy 20 ta gol urib, 25 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
Agarda faqatgina jahon chempionati saralashidagi o‘yinlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak - ustunlik yana raqiblar tomonida. 1 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 3 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan holda, 1 bora durang o‘ynaganmiz.
Eng yirik g‘alaba: O‘zbektin Milliy terma jamoamiz 2014 yil 14 oktyabr kuni 4:0 hisobida Birlashgan Arab Amirliklarini er tishlatgan.
Eng yirik mag‘lubiyat: 2001 yil 17 avgust kuni ro‘y bergan. Ushbu bellashuvda jamoamiz 4:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
JCh. Guruhimizdagi holatni eslab olamiz!
O‘zbekiston terma jamoamiz BAAga qarshi qaysi formada harakat qilishi malum bo‘ldi!
Fikrlar