Asosiy mazmunga oʻtish

Sportchimiz Ispaniyada shohsupaga ko‘tarildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bellashuvlar qizg‘in o‘tdi

Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida mamlakatimiz sharafini Taxmina Ikromova munosib himoya qildi.

Taxmina Gran-pri turnirining ko‘pkurash bahslarida 111.650 ball to‘plab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Ushbu yo‘nalishda oltin va kumush medallar Taisiya Onofriychuk (Ukraina) va Sofiya Raffaeliga (Italiya) nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, Taxmina Ikromova so‘nggi bora 2024 yili Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogining so‘nggi bosqichida yakkalik yo‘nalishida ikkita bronza medalga ega chiqqan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q