Sportda ba'zan natijalardan ko‘ra, tribunadagi reaksiya e'tiborni tortadi

  • 24.05.2026 22:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2025 yil aprelda gimnastikadan rasmаn nafaqaga chiqqan Livvi Dann shanba oqshomida bo‘lib o‘tgan beysbol o‘yinida tomoshabinlar qatorida edi.

Beysbol muxlislari orasida qiyin vaziyatlarda ham hotirjam qolib, oddiygina qo‘l chaladiganlar bor. Ammo o‘sha kuni Livvi Dannning reaksiysi bundan mutlaqo farq qildi. Barchaning e’tibori shu zahoti unga qaratildi.

Jorj Springer uchrashuvning ilk zarbasidayoq Pol Skaners to‘pini tribunga yo‘llab, xoum-ran qayd etgan zahoti kameralar Livvi Dannni ko‘rsatdi. Uning reaksiysi juda samimiy va yashirilmagan edi.

Aslida, o‘sha paytda ko‘plab “Pittsburgh Pirates” muxlislari ham huddi shunday munosabat bildirgan bo‘lishi mumkin. Ushbu lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Sababi, Dannning reaksiysi sahnalashtirilgan yoki mashhur insonlarga xos ravishda bezatilgan emasdi. U o‘z yigiti uchrashuvning uchinchi zarbasidayoq xoum-ran o‘tkazib yuborganini ko‘rib turgan insonning tabiiy hissiyotlarini aks ettirardi.

Beysbol muxlislari aynan shu samimiylikni yuqori baholashdi. Virusga aylangan ushbu holatning eng qiziq tomoni shundaki, ko‘pchilik Livvi Dannni huddi umr bo‘yi beysbol muxlisi bo‘lib kelgan inson sifatida qabul qila boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi izohlar ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Yana bir jihat muxlislar e’tiborini tortdi: Dann butun vaziyat davomida o‘yinga qanchalik hissiy jihatdan berilgani ko‘rinib turardi. Odatda mashhur shaxslar ko‘rsatilganda katta reaksiya kuzatilmaydi, ammo Dann Springerning zarbasidan keyin haqiqatan ham qattiq xafa bo‘lganiday tuyuldi. “Pittsburgh Pirates” muxlislari uchun esa bunday holat ancha tanish manzara bo‘lishi mumkin edi. 

Sportda ba’zan natijalardan ko‘ra ularga bo‘lgan munosabat ko‘proq e’tibor tortadi. Bu safar ham muxlislar diqqatini maydondagi xoum-ran bilan birga tribunadagi reaksiya qaratildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!