SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov: Biz jahon chempionatida raqiblar bilan emas, hakamlar bilan jang qildik

  • 6 noyabr, 2021, 00:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. Musobaqada bugundan finallar boshlandi.

Ushbu bosqichga o‘zbekistonlik bokschilardan faqatgina bir nafari etib keldi xolos. Bu Abdumalik Xalakov.

Finalda hamyurtimiz frantsiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tarildi. Jangda vakilimiz mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng Abdumalik Xalakov SPORTS.uz saytiga chempionat va final borasida o‘z fikrlarini bildirdi. 

- Jahon chempionatiga har tomonlama kuchli tayyorgarlik ko‘rildi. Lekin biz bu musobaqada raqiblar bilan emas, balki hakamlarga qarshi jang o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Bizdan ko‘p g‘alabalarni olib qo‘yishdi. Biroq biz yutqazmadik. Jamoamiz dunyoda birinchi o‘rinda. Mag‘lubiyatga uchraganimizda raqiblar emas, hakamlar engishdi. Shuning uchun endi referilarga imkon qoldirmaslik uchun juda ko‘p mehnat qilamiz.

Raqiblarimga finalgacha imkon qoldirmagandim. Frantsiyalik bokschi ham kuchli ekan. Yanada ko‘proq mehnat qilib, nasib qilsa, Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishga urinamiz, - dedi Xalakov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
06/11/2021 10:35
Абдумалик жуда мард йигит! Хакикатдан хам боксчиларимиз жуда яхши тайёр эдилар! Финалда Абдумаликка хакикатдан хам бирозгина тажриба етмади. Финалгача хакамлар иш колдирмаган эди. Бошка боксчиларимиз эса хакамлар томонидан енгилди.