SPORTS.uz Belgrad-2021: Bugun Hasanboy Do‘smatov va yana 2 nafar bokschimiz jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi

  • 26.10.2021 02:18
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Boks

Bugundan Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionatining ikkinchi kungi janglari start oladi.

26 oktyabr sanasida uch nafar hamyurtimizning ringga ko‘tarilishlari belgilangan. Dastlab Odiljon Aslonov (-80 kg) tanzaniyalik Yusuf Changalavega qarshi kunduzgi jangda ishtirok etadi. Bu Toshkent vaqti bilan 16:00dan keyingi seansda (taxminan 19:20da) boshlanadi.

Kechki jangda esa Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) qozog‘istonlik Saken Bibosinov bilan bellashadi. Ushbu jang 21:00dan keyin boshlanadigan seansga (taxminan 21:00) to‘g‘ri keladi.

Saidjamshid Jafarov (-75 kg) esa slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqadi. Jafarov ishtirokidagi jang ham Toshkent vaqti bilan 21:00dan keyin boshlanadigan seansda (taxminan 23:10) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz tarkibida birinchi bo‘lib ringga Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) ko‘tarildi va u irlandiyalik Brendan Makkivini taslim etdi.

sportsuz_asadkhuja-35

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
26/10/2021 05:50
Juda "yurishini" degan soʻzni ishlatmanglar iltimos. Ishtirokini desalaring boʻladi.
&
Бухорий Шариф
26/10/2021 20:56
Уччала ўғлонимиздан ҳам фақат ғалаба кутиб қоламиз. Омад тилаймиз. Олға йигитлар....
Muxtorov Behzod
26/10/2021 06:16
Xasanboy Dustmatov finalga chiqarkan sal kam. Bibosinov judayam kuchli. Ishqilib omadini bersin