SPORTS.uz Belgrad-2021: Bugungi vakillarimiz ishtirokidagi ikkinchi jangda ham o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Kun doirasidan o‘rin olgan Madiyar Saidraximov (-92 kg)ning belaruslik Vladislav Smaxlikauga qarshi jangi boshlanmoqda...
Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi esa qizil formada jang qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Ilk raundda vakilimiz kuchli va aniq zarbalar yo‘llashni uddaladi. Raqib esa hozirning uning zarbalariga turib bera olmoqda. Ko‘ramiz bu qachongacha davom etarkin... Hakamlar birinchi raundda Madiyarning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Bu 3 daqiqalikda ham o‘zbekistonlik bokschi ustunlikka erishdi. Uning zarbalari aniq chiqmoqda. Bu hakamlarning qarorida ham aks etmoqda. Ikkinchi raundda ham bizning foydamizga 5:0 hisobi qayd etildi.
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
Oxirgi raundda belaruslik bokschi biroz aniqroq harakat qila boshladi. Bu balki ikki raunddagi boy berilgan ochkolar sababdir. Lekin hamyurtimiz bo‘shashmasligi kerak. Shu pallada jang tugadi.
Hech ikkilanishsiz aytishimiz mumkinki, vakilimiz raqibdan yaqqol ustunlik qildi. Chindan ham Madiyar jangni g‘alaba bilan yakunladi.

Fikrlar