SPORTS.uz Belgrad-2021. Finalning birinchi kunida Yaponiya eng yaxshi natijaga erishdi. O‘zbekiston-chi?

  • 6 noyabr, 2021, 14:05
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
BEPUL PROPAN

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. 5 noyabr kuni dastlabki finallar o‘tkazildi, 7 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.

Quyida finallarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

-48 kg vazn toifasidagi finalda qozog‘istonlik Temirtas Jussupov (o‘zbekistonlik Nodirjon Mirzahmedovni yutgan chorak finalda 5:0) tailandlik Vuttichai Yurachaini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin balgariyalik Yauxeni Karmilchyk va gruziyalik Sakzil Alakverdoviga nasib etdi.

 

-54 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik Tomoya Tsuboyi (Shahobiddin Zoirovni yutgan 1/8 finalda 3:2) qozog‘istonlik Maxmud Sabirxandan ustun kelib, jahon chempioniga aylandi.

Uchinchi o‘rin hindistonlik Akash Kumar va frantsiyalik Bilal Bennamaga nasib etdi.

 

-60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Abdumalik Xalakov frantsiyalik Sofian Oumiaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada Sofian Oumia oltin medal sohibiga aylandi.

sportsuz_abdumalik_final_ceremony-04

Uchinchi o‘rin eronlik Daniel Shaxbaxsh va Dominikan respublikasi vakili Aleks De La Kruzga nasib etdi.  

 

-67 kg vazn toifasidagi finalda yaponiyalik Sevornrets Okazava (o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev 1/8 final 5:0) amerikalik Omari Jonsgni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin qozog‘istonlik Ablaikxon Jussupov va gruziyalik Lasha Guruliga nasib etdi.

 

-75 kg vazn toifasidagi finalda kubalik Yoenlis Ernandez rossiyalik Jambulat Bijamov bilan to‘qnash keldi. Yakunda kubalik bokschi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin italiyalik Salvatore Kavallaro va tailandlik Virapon Jongjoxoga nasib etdi.

 

-86 kg vazn toifasidagi finalda braziliyalik Keno Machado Ozarbayjon vakili Loren Alfonso Domingesga qarshi ringga chiqdi. Jangda ozarbayjonlik bokschi chempionlikka erishdi.

Uchinchi o‘rin belgiyalik Viktor Shelstraete va kubalik Xerich Ruiz Kordobaga nasib etdi. 

 

+92 kg vazn toifasidagi finalda armanistonlik Davit Chaloyan rossiyalik Mark Petrovski bilan jang o‘tkazdi. Og‘ir vaznlilar bahsida Mark Petrovski oltin medalni o‘zini qildi.

Uchinchi o‘rin ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev va Trinidad va Tobago vakili Nigel Paulga nasib etdi.

Birinchi kungi finallarning g‘oliblari va sovrindorlar:

Yaponiya 2 oltin

Qozog‘iston 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza

Rossiya 1 oltin, 1 kumush

Ozarbayjon 1 oltin, 1 bronza

Frantsiya 1 oltin, 1 bronza

Kuba 1 oltin, 1 bronza

Tailand 1 kumush, 1 bronza

O‘zbekiston 1 kumush

AQSh 1 kumush

Braziliya 1 kumush

Armaniston 1 kumush

Balgariya 1 bronza

Gruziya 1 bronza

Hindiston 1 bronza

Eron 1 bronza

Dominikan respublikasi 1 bronza

Gruziya 1 bronza

Italiya 1 bronza

Belgiya 1 bronza

Trinidad va Tobago 1 bronza

 

BEKZOD Isaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
07/11/2021 21:40
Энг ёмон фалшебка чемпионат. Номуносиблар чемпион бўлмоқда.
А Д О Л А Т С И З Л И К . . . . .
&
Бухорий Шариф
07/11/2021 21:40
Энг ёмон фалшебка чемпионат. Номуносиблар чемпион бўлмоқда.
А Д О Л А Т С И З Л И К . . . . .