SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidrahimov: Xalqimiz duo qilib turgani uchun g‘alaba qozonyapmiz

  • 03.11.2021 01:20
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qilishi belgilangandi. Hozirgacha o‘tkazilgan 5 ta jangdan faqatgina bittasida g‘alaba qozondik xolos. Endi esa kun doirasidan o‘rin olgan biz uchun oxirgi jang bo‘lib o‘tdi.

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Uilyams bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Jahon chempionatini davom ettirmoqdamiz. Yarim finalga yo‘l oldik. Jangdan jangga formaga kirib boryapmiz.

Xalqimiz duo qilib turgani uchun g‘alaba qozonmoqdamiz. Duo qilishdan to‘xtamanglar. Oldindagi yarim finaldagi jangda ham yutamiz, degan umiddamiz. O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘taramiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
04/11/2021 00:46
Омадингни доимо берсин Аллоҳим Мадияр олға босавергин биз сизлар учун дуодамиз. Чемпионликни кутамиз. Кубалик рақиб бўлса ҳам сенга ишонамиз. Олға ўғлонлар.
&
Бухорий Шариф
04/11/2021 00:46
Омадингни доимо берсин Аллоҳим Мадияр олға босавергин биз сизлар учун дуодамиз. Чемпионликни кутамиз. Кубалик рақиб бўлса ҳам сенга ишонамиз. Олға ўғлонлар.
Baxil Alihuja
03/11/2021 14:26
Рахмат Мадиёр! Жуда яхши жанг килди!