SPORTS.uz Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 01.11.2021 23:44
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Mujibullo Tursunov (63,5 kg) nimchorak finalda Xitoy Taypeyi vakili Chu en Laiga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bellashuvda hamyurtimiz g‘alaba qozondi.

Jangdan so‘ng Mujibullo Tursunov SPORTS.uz saytiga o‘z fqikrlarini bildirdi.

- Allohga shukr, g‘alaba qozondim. Qo‘llab-quvvatlagan xalqimizga rahmat. Nasib qilsa, bundan ham chiroyli janglar o‘tkazamiz.

Avvalgi jangda ham birinchi raundda yutqazgandim? Raunddan raundga ochilib boryapman. Alloh bergani uchun mana shunday g‘alaba qozonyapman, - dedi Mujibullo Tursunov.

Endi Tursunov 2 noyabr kuni chorak finalda kubalik Kruz Gomezga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!