SPORTS.uz Belgrad-2021: Mujibullo Tursunov ham g‘alaba qozondi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bir necha daqiqadan so‘ng Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) yaponiyalik Taiga Imanaga bilan ringga chiqadi.
Birinchi raund boshlandi.
Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda jang qilmoqda. Ikki bokschi ham bir-birini o‘rganish bilan ovvora...
Kutilmaganda hamyurtimiz zarba o‘tkazib yubordi. Referi hisobni ochdi. Hammasi joyida, jang davom etadi. Mujibullo Tursunov birinchi raundni 2:3 xisobida boy berdi.
Birinchi raund yakunlandi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Bokschilar ochiq jangga kirishib ketishdi. Mujibullo ikkilik zarbalari yo‘llayapti. Imanaga ham qarshi zarbalar bermoqda. Mujibullo chap qo‘lida kuchli zarba berdi. Hamyurtimizning ketma-ket zarbaraliga aniqlik etishmadi. Vakilimiz raund oxirida aniq zarbalar berdi. Ammo o‘zi ham bitta zarba o‘tkazib yubordi.
Mujibullo Tursunov ikkinchi raundni ishonchli hisobda o‘z foydasiga hal etdi - 5:0!
Ikkinchi raund yakunlandi.
Uchinchi raund boshlandi.
Mujibullo yaxshi boshladi. Avvaliga ikkilik va yakkalik zarbalari bilan raqibni himoyalanishga bajbur qilmoqda. Bu raundda hamyurtimiz ustunlikka erishmoqda.
Yaponiyalik bokschi payt poylab aniqroq zarba berishga urinyapti.
Jang yakunlandi. Hakamlar Mujibulloning g‘alabasini qayd etishdi.

Fikrlar