SPORTS.uz Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov: Nasib qilsa, keyingi musobaqalarda yutishga va’da beraman
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.
Hozirgina Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) kubalik Endi Kruz bilan ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan to‘qnashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.
Jangdan so‘ng bokschimiz SPORTS.uz saytiga qisqacha fikrlarini bayon qildi.
- Qo‘llab turgan barchaga rahmat. Ota-onam, ustuz murabbiylarimdan minnatdorman. Nasib qilsa, keyingi musobaqalarda yutishga va’da beraman, - dedi Mujibullo Tursunov.

Fikrlar