SPORTS.uz Belgrad-2021. Odiljon Aslanov amerikalik bokschidan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 02.11.2021 01:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib ulgurdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilishi belgilangan yana bir bokschimiz Odiljon Aslanov (-80 kg) nimchorak finalda amerikalik Robbiy Gonsalesga to‘qnash keldi.

Qiyin kechgan jangda vakilimiz kutilmaganda, imkoniyatni boy berdi. Jangdan so‘ng Odiljon Aslanov SPORTS.uz saytiga mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi. 

- Ko‘ngildagidek jang o‘tkaza olmadim. Ustozlarim aytganlarining 20 foizini bajardim holos. Ikkinchi raundda taqiqlangan zarbalarni ko‘p yo‘lladim. Shuning uchun ko‘p vaqt yo‘qotdim.

Jahon chempionati yaxshi o‘tyapti. Qolgan bokschilarimizga omad tilayman, - dedi Odiljon Aslanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!