
SPORTS.uz Belgrad-2021: Odiljon Aslonov ham g‘alaba qozondi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bir necha daqiqadan so‘ng, kun doirasidan o‘rin olgan Odiljon Aslonov (-80 kg)ning jangi boshlanadi. U italiyalik Simone Fioriga to‘qnash keladi.
Ushbu juftlik g‘olibi 1 noyabr kuni nimchorak finalda amerikalik Gonsales bilan to‘qnash keladi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil rangli libosda, uning raqibi esa ko‘k formada jang o‘tkazadi.
Birinchi raund boshlandi.
Dastlabki daqiqalarda Odiljon chap qo‘li bilan yuz qismiga, o‘ng qo‘lib bilan qorin qismiga zarba yo‘lladi. Vakilimiz yana bir bor yuziga aniq zarba berdi. O‘z navbatida, Aslonov hujumga o‘tayotganda ikki marta ikkilik zarbasi noaniq chiqdi. Birinchi raund bizning foydamizga hal bo‘ldi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Bu raundda italiyalik bokschi ham qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rmoqda. Hakam esa vakilimizga ogohlantirish bermoqda, qorindan pastki qismga zarba bergani uchun.
Uchinchi raund.
Italiyalik bokschi ketma-ket zarbalar bermoqda. Ayrimlari havoga uchyapti. Aslonov esa qarshi zarbaralar bilan raqibni kutib olyapti.
Odiljon Aslonov qo‘proq qorin qismiga zarba yo‘llamoqda. Raundning oxiri tezlashib ketdi. Italiyalik bokschi shoshilyapti. Lekin vakilimiz bunga tayyor ekanligini ko‘rmoqdamiz. Odiljon ortiqcha muammoga duch kelmayapti.
Jang yakunlandi. Hakamlar Odiljon Aslonovning g‘alabasini qayd etishdi.
Endi hamyurtimiz 1 noyabr kuni nimchorak finalda amerikalik Gonsales bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar