
SPORTS.uz Belgrad-2021. Qiziq fakt! O‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etganlarning aksariyati chempion bo‘ldi (Foto)
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. 5-6 noyabr kunlari finallar o‘tkazildi, 13 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
E’tiborlisi, chempion bo‘lganlarning aksariyati o‘zbekistonlik bokschilarni mag‘lub etganlar tashkil qildi.
-48 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik Temirtas Jussupov chorak finalda Nodirjon Mirzahmedovni engdi - 5:0.
-51 kg vazn toifasidagi chempion qozog‘istonlik Saken Bibossinov 1/16 bosqichda Hasanboy Do‘smatovni yutdi - 5:0.
-54 kg vazn toifasidagi chempion yaponiyalik Tomoya Tsuboyi 1/8 finalda Shahobiddin Zoirovdan ustun keldi - 3:2).
-57 kg vazn toifasidagi chempion amerikalik Jamal Xarvey 1/8 finalda Mirazizbek Mirzaxalilovni taslim etdi - 4:1.
-60 kg vazn toifasidagi chempion frantsiyalik Sofian Oumia finalda Abdumalik Xalakovni yutdi - 4:1.
-63,5 kg vazn toifasidagi chempion kubalik Endi Kruz chorak finalda Mujibullo Tursunovdan ustun keldi - 5:0.
-67 kg vazn toifasidagi chempion yaponiyalik Sevornrets Okazava 1/8 finalda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevni mag‘lub etdi - 5:0.
-71 kg vazn toifasidagi Shahram G‘iyosov g‘olib yoki sovrindorlardan biri bilan to‘qnash kelmadi.
-75 kg vazn toifasidagi bronza medal sohibi tailandlik Virapon Jongjoxo chorak finalda Saidjamshid Jafarovni taslim etdi - 5:0.
-80 kg vazn toifasidagi chempion amerikalik Robbi Gonsales 1/8 finalda Odiljon Aslonovni yutdi - 4:1.
-86 kg vazn toifasidagi bronza medal sohibi belgiyalik Viktor Shelstraete ilk bosqichdayoq Shohjahon Abdullaevni nokautga uchratdi.
-92 kg vanz toifasidagi chempion kubalik Julio La Kruz Peraza yarim finalda Madiyar Saidrahimovni engdi - 5:0.
+92 kg vazn toifasidagi finalchi armanistonlik Davit Chaloyan chorak finalda Lazizbek Mullajonovdan ustun keldi - 5:0.
BEKZOD Isaev tayyorladi
Fikrlar