SPORTS.uz Belgrad-2021: Shahobiddin Zoirov jahon chempiontida mezbon bokschini chiqarib yubordi

  • 29 oktabr, 2021, 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Tecno

Bugun to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuvlar shohidiga aylanamiz. Dastlab Shahobiddin Zoirov (-52 kg) serbiyalik Tamir Galanov bilan jang qiladi. Jang boshlanish arafasida.

Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Mezbonlar vakili ko‘k libosda, hamyurtimiz esa qizil formada jang o‘tkazadi.

Birinchi raund boshlandi.

Zoirov ilk daqiqalardan masofani qisqartib zarbalar berdi. Raqibi ham muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan ruhlanib, yaxshigina qarshilik ko‘rsatishga urindi. Temp unchalik yuqori bo‘lmadi. Raund bizning foydamizga hal bo‘ldi - 3:2.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Bu raund ham o‘rtacha tempda o‘tdi. Shahobiddin raqibidan tajribali ekanligi bois o‘zini ortiqcha urintirib o‘tirmadi. Bu raund ham bizning foydamizga - 3:2.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Shahobiddin kerakli ochkolarni ishlab olgani uchun tavakkal qilmayapti. Kutmoqda... Raqibi esa uni nokaut qilishga harakat qilyapti. Ammo buni uddalay olmayapti...

Shahobiddin ortiqcha qiyinchiliksiz bu jangda g‘alabani qo‘lga kiritishga yaqin. Jang yakunlandi. Shahobiddin Zoirov g‘alaba qozondi. Vakilimiz keyingi bosqichga o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Qudratilla Abdullayev
29/10/2021 16:20
Qaysi kanaldan ko'rsak bo'ladi. Yoki Biror saytda linki bormi?