SPORTS.uz Belgrad-2021. Shahobiddin Zoirov jangida kutilmagan natija qayd etildi

  • 31.10.2021 17:16
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Bugun O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Shahobiddin Zoirov (-54 kg) yaponiyalik Tomoya Tsuboyiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi (V ring).

Bokschilar chiqib kelishdi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Yaponiyalik bokschi ikki bor yakkalik zarbalari berishni uddaladi. Zoirov ham qarshi zarbalar yo‘lladi. Shahobiddinning raqibi texnikasi yaxshi ekanligini namoyish etmoqda.

Hamyurtimiz o‘ng qo‘lda kuchli zarba bera oladi. Aynan shu zarbani kutmoqda. Ammo orada chap qo‘lda chalg‘ituvchi zarbalar beryapti. Ilk raundda 3:2 hisobida ustunlikka erishdik.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Bu raundda bokschilar biroz ehtiyotkor harakat qilyapti. Zarbalar kamroq. Lekin tajribali Zoirov imkon qadar zarbalar bermoqda... Referi bu raundda bokschilarni ko‘proq ajratish bilan ovvora bo‘lyapti.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Yaponiyalik bokschi o‘ng qo‘lda yakkalik zarbalar bermoqda. Uning bu urinishlari aniqroq chiqyapti. Zoirov bunga qanday javob beradi. Vakilimiz yana bitta zarba o‘tkazib yubordi.

Taym ozirlariga yaqin ochiq jang kuzatmoqdamiz. Bokschilar ketma-ket zarbalar yo‘llamoqda.

Jang yakunlandi. Hakamlar qaroriga ko‘ra kutilmaganda yaponiyalik bokschi chorak finalga yo‘l oldi - 3:2. Zoirov va murabbiylar shtabi natijadan hayratda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
31/10/2021 17:36
Апеллатция бериш керак қайта кўриб чиқсин. 2-Раунд.ютдику Шаҳобиддин қандай 1 раундда Япон олди умуман тушунмадим. Протест кутиб қоламиз. Адолатсизликлар давом этмоқда.
&
Бухорий Шариф
31/10/2021 17:35
Апеллатция бериш керак қайта кўриб чиқсин. 1-Раунд қандай 1 раундда Япон олди умуман тушунмадим. Протест кутиб қоламиз. Адолатсизликлар давом этмоқда.