
SPORTS.uz: Ektor Kuper lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga kim tayinlanishi ham ma’lum
O‘zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi uchrashuvlardagi natijasi va o‘yin uslubi ko‘pchilikni havotirga tushirdi. Buning natijasida Ektor Kuperning egallab turgan kursisi qimirlab qolgandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab munozaralardan so‘ng argentinalik mutaxassis lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga "Bunyodkor" klubi ustozi Vadim Abramov tayinlanishi kutilmoqda. Bu borada Abramov O‘FA rahbariyati bilan muzokara ham o‘tkazgan.
Vadim Abramov: Terma jamoaga qaytishim borasidagi gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi
Yaqin kunlarda Kuperning ketishi va Abramovning milliy jamoamizga tayinlanishi mumkin. Faqat Vadim Abramov "qaldirg‘ochlar" boshqaruvidan ketadimi yoki bir vaqtning o‘zida "ikkita quyonni ovlaydi"mi, degan savol so‘roq ostida.
SPORTS.uz voqeaga yana qaytadi!!!
Fikrlar
Kamtarona fikrlar bilan Azizbek Qambaraliyevich!