Sports.uz sayti jurnalistlarining qur’a oldidan bildirgan taxminlari bilan tanishing
Xabarangiz bor, bugun 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun qur’a tashlanadi.
Sports.uz sayti jurnalistlari O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki yuzasidan quyidagi savollarga javob berdi:
"O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari kimlar bo‘ladi?"
"Mundialda qaysi bosqichgacha etib bora olamiz?"
"Jahon chempionatida tarkibimizdagi qaysi futbolchilar porlab, kuchli chempionatlarga yo‘l olishi mumkin?"
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev:
1. "Meksika, Ekvador, Yangi Zelandiya".
2. "Pley-offga 4 ochko bilan chiqib, bitta yutib, keyingi bosqichda penalti seriyasida yutqazib qaytamiz".
3. "Abbos Fayzullaev, Oston O‘ro‘nov va Husniddin Aliqulov".
Karim Xudayqulov:
1. "Argentina, Avstriya, Kabo-Verde".
2. "1/16 bosqich".
3. "Abbosbek Fayzullaev, Husniddin Aliqulov".
Suhrob Xolbekov:
1. "AQSh, Ekvador, Kabo-Verde".
2. "Nimchorak final".
3. "Hojiakbar Alijonov".
Ali Ahmadxo‘jaev:
1. "O‘zbekiston guruh bosqichida Belgiya, Marokash va Gaiti tushishini xohlardim."
2. "Ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishga kuchimiz etadi. Ammo 1/16 bosqichdan mag‘lub bo‘lsak kerak."
3. "Jahon chempionatida Abbos va Oston zo‘r o‘ynab kuchliroq klubga ketishadi. Husanov ham yaxshi o‘ynab "Manchester Siti"ning asosiy tarkibda bemalol kirishini isbotlaydi.
Bilolbek Imomov:
1. "Frantsiya, Avstriya, Gana".
2. "Guruhdan chiqamiz".
3. "Abbos Fayzullaev, chunki unda katta potentsial bor".
Farhod Tulkunov:
1. "Meksika, Shvetsariya, Yangi Zelandiya."
2. "Nimchorak finalda penaltilar seriyasida yutqazamiz."
3. "Abbos Fayzullaev Jahon chempionatidan keyin Ispaniya klublariga ketadi."
Fikrlar