SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliganing 10-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing

  • 29 may, 2019, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor o‘tgan hafta Superligada 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu tur ham muxlislar bir-biridan qiziqarli va kutilmagan o‘yinlarga guvoh bo‘lishdi.

Tecno

SPORTS.uz portali ham o‘z talqini bo‘yicha ushbu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan va jamoasiga foyda keltirgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon: Vitaliy Mirniy (“Andijon”).

“Andijon” bu tur Namanganda so‘nggi mavsumlarda ancha kuchli ko‘rinishga kelgan “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi. Kuchli yomg‘ir ostida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Shu kuni “burgutlur”ning mag‘lubiyatli seriyasiga yakun yasaldi. Ushbu muvaffaqiyatda shubhasiz “Andijon” darvozaboni Vitaliy Mirniyning mehnatlari beqiyos. 27 yoshli ukrainalik posbon shu kuni “lochinlar”ning ko‘plab xavfli zarbalarini bartaraf etdi.

Himoyachilar: Akram Komilov (chap “Paxtakor”), Marko Simich (markaz “Paxtakor”), Darko Stanoevich (markaz “Surxon”), Dilshod Ahmadaliev (o‘ng “Bunyodkor”).

Musobaqa jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “Paxtakor” ushbu turda o‘z maydonida mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgan AGMKni qabul qili. Gollarga kechgan uchrashuv 4:1 hisobida “sherlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda mezbonlarning chap qanot himoyachisi Akram Komilov “konchilar”ga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etdi. Uning so‘nggi uchrashuvlarda qayd etayotgan ajoyib o‘yinlari terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperning ham e’tiboriga tushdi va u iyun oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlariga uchun tarkibga jalb etildi.

"Paxtakor"ning AGMKga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan yirik g‘alabasida jamoa sardori Marko Simichning ham munosib hissasi bor. Chernogoriyalik legioner shu kuni nafaqat ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, balki gol urib jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Superliga debyutanti hisoblangan “Surxon” hozircha barchada ijobiy taassurot qoldirishda davom etmoqda. Termizliklar bu tur o‘z maydonlarida autsayderga aylanib ulgurgan “Qo‘qon-1912”ni qabul qilishdi va 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Shu kuni mezbonlarning markaziy himoyachisi Darko Stanoevich 86-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasining o‘ta muhim g‘alabasini ta’minladi. Serbiyalik legioner bundan tashqari uchrashuv davomida ishonchli o‘yin ko‘rsatganini ham alohida e’tirof etish lozim. Andrey Miklyaev shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 3-o‘rinni saqlab qolishdi.

“Bunyodkor” Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ldi. Vadim Abramov shogirdlari shu kuni ancha tajribali futbolchilardan iborat jamoaga qarshi o‘yinda munosib to‘p surishdi. Ayniqsa, bu borada “qaldirg‘ochlar”ning o‘ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadalievni alohida e’tirof etish lozim. Aynan uning ishonchli o‘yini va qanotlarda hujumchilarga yordam bergani yakunda jamoasining g‘alabasini ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi.

Yarim himoyachilar: Oleg Zoteev  (chap “Lokomotv”), Amijxon Safarov  (markaz “Dinamo”), Nurillo To‘xtasinov  (markaz “Bunyodkor”), Aziz Ibragimov (o‘ng “Navbahor”).

Nihoyat “Lokomotiv” duranglar epidemiyasidan halos bo‘ldi. Amaldagi chempionlar bu tur Qarshida "Nasaf” mehmoni bo‘lishdi. Shu kuni “temiryo‘lchilar” tarkibida eng faol o‘ynagan futbolchilardan biri shubhasiz Oleg Zoteev bo‘ldi. U ushbu o‘yinda qanotdan bir nechta reydlarni amalga oshirdi va jamoadoshlariga ko‘plab vaziyatlar yaratib berishda faollik qildi.

Davron Fayziev boshchiligidagi “Dinamo”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 10-turda ham davom etdi. Samarqandliklar ushbu tur qo‘shni Navoiy viloyatining “Qizilqum” jamoasini qabul qilishdi. Garchi shu kuni “Dinamo” 2:1 hisobida imkoniyatni boy berayotganiga qaramay, 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Amirjon Safarovning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Deyarli butkul yangilangan “Bunyodkor” bu mavsum barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Vadim Abramov shogirdlari bu tur Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘lishdi. Tarkibida asosan tajribali futbolchilar bo‘lgan “Metallurg”ga qarshi o‘yinda “qaldirg‘ochlar” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi – 2:0. Shu kuni “Bunyodkor” safida maydon markazida harakat qilgan Nurillo To‘xtasinov nafaqat gol urdi, balki ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoasining muhim uch ochko bilan ortga qaytishini ta’minladi.

Bu tur “Navbahor” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qilganini yuqorida aytib o‘tdik. Afsuski, namanganliklar bu o‘yinda ham muhim ochkolarni boy berishdi. Noqulay ob-havo sharoitida o‘tgan vodiy derbisida kuchlar teng keldi – 1:1. Shu kuni “lochinlar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga zaxiradan maydonga tushgan Aziz Ibragimov mualliflik qildi. Shu bois uni ramziy terma jamoamizga kiritishga qaror qildik

Hujumchilar:  Shohruz Norxonov ("So‘g‘diyona"), Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”)

Ulug‘bek Baqoevning “So‘g‘diyona”ga kelishi jamoa natijalarini to‘laligicha ijobiy tomonga o‘zgartirib yubordi. Bu tur ham "So‘g‘diyona"ning g‘alabali seriyasi davom etdi. “Buxoro” darvozasiga kiritilgan har ikkala golga ham jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov mualliflik qildi. “So‘g‘diyona” ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

Bosh murabbiy: Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”).

Turning eng yaxshi murabbiyi deb esa "So‘g‘diyona" ustozi Ulug‘bek Baqoev ni tanladik. Uning jamoasi qatorasiga uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida kuchli beshlikka kirib oldi.

Darvozabon: Vitaliy Mirniy (“Andijon”).

Himoyachilar: Akram Komilov (chap “Paxtakor”), Marko Simich (markaz “Paxtakor”), Darko Stanoevich (markaz “Surxon”), Dilshod Ahmadaliev (o‘ng “Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Oleg Zoteev  (chap “Lokomotv”), Amijxon Safarov  (markaz “Dinamo”), Nurillo To‘xtasinov  (markaz “Bunyodkor”), Aziz Ibragimov (o‘ng “Navbahor”).

Hujumchilar:  Shohruz Norxonov ("So‘g‘diyona"), Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”).

Bosh murabbiy: Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”).

10

Baxtiyor TOShTEMIROV tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uznamcity
29/05/2019 18:59
Adolatli tuzib chiqilga faqat juda kech chiqvotti sal ildamroq harakat qilila admenjonlar
&
Uznamcity
29/05/2019 18:59
Adolatli tuzib chiqilga faqat juda kech chiqvotti sal ildamroq harakat qilila admenjonlar