Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabida mahalliy mutaxassis ham bo‘ladimi?

  • 23 avgust, 2021, 17:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Srechko Katanets yurtimizda bo‘lib turibdi. Sloveniyalik mutaxassis mamlakatimizda futbolga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirmoqda va shuningdek, o‘yinlarga tushib, futbolchilarni kuzatyapti.

Tecno

Tez orada tomonlar katta ehtimol bilan shartnoma imzolaydi. Hozirgi kunda O‘FA va Katanets og‘zaki kelishuvga ega. Xorijlik murabbiy yordamchilari bilan yurtimizga tashrif buyurgan. Endi esa ko‘pchilikda uning shtabidan mahalliy mutaxassis ham o‘rin oladimi? degan savol paydo bo‘lishi tabiiy.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga mahalliy mutaxassis ham kiritiladi. U Ravshan Haydarov bo‘lishi kutilmoqda. Haydarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.

Avvalroq bu o‘ringa Timur Kapadzening nomzodi ham ilgari surilgandi. Chunki Srechko Katanets O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvini "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan birga tomosha qildi. Ular yurtimiz futboli, o‘zbekistonlik futbolchilarning potentsiali xususida suhbatlashgan va kelajakda o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olgandi.

O‘FA e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihat va bu borada Xayrulla Hamidov va Alisher Nikimbaevning qarashlari

IMG_1181

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!