
Srechko Katanets: "Men Eron terma jamoasini musobaqa favoriti, deb o‘ylayman"
Ertaga "CAFA Nation's Cup" musobaqasiga start beriladi. 7 ta terma jamoa ishtirok etadigan turnir oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Hammaga hayrli kun! Biz musobaqa oldidan bir necha mashg‘ulotlarda ishtirok etdik. O‘zingiz ham yaxshi bilasiz, bizda ba’zi futbolchilar safga kelib qo‘shilgani yo‘q. Shunga qaramasdan, biz bor kuchimiz bu musobaqada qatnashamiz.
Ertaga Eldor Shomurodovning yo‘qligi seziladi, albatta. Bu biz uchun jiddiy yo‘qotish. Jahon chempionatida qatnashgan futbolchilar yulduz bo‘lishi mumkin. Biroq milliy terma jamoa bu boshqa daraja. Oldindan aniq bir narsa deyish qiyin. Hammasiga maydonda javob olamiz.
Ummon juda yaxshi shakllangan jamoa. Branko Ivankovich terma bilan yaxshi ish olib bormoqda. Ular bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga qodir.
Biz bu turnirda bosim ostida emasmiz. Men o‘yinga tayyor bo‘lgan yigitlarni maydonga tushiraman. Menimcha, bu borada ortiqcha muammo bo‘ladi, deb o‘ylamayman.
Har ikki kunda o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Bu jismoniy tomonlama bizga qiyinchilik tug‘diradi. Jamoaning ahillikda ishlashi ko‘p narsani hal qiladi. Biz ertaga mana shunday harakat qilishimiz kerak.
Ummon bosh murabbiyi Brankoni yaxshi taniyman. Biroq qolgan mutaxassislarni bilmayman.
To‘g‘risi, biz uchun eng xavfli raqib kim ekanini bilmayman. Favorit kim ekani haqida keyinroq bilib olishimiz mumkin. Ammo hali turnir boshlanmasdan biror narsa aytishga erta, deb hisoblayman.
Kecha Eronning kengaytirilgan tarkibini ko‘rib chiqdim. Ular jangovor tarkibda musobaqaga tashrif buyurishyapti. Shu sababli, men aynan Eron terma jamoasini musobaqa favoriti, deb o‘ylayman.
Fikrlar