Starrij 1,5 oyga futboldan chetlatildi

  • 19.07.2019 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi sobiq hujumchisi Deniel Starrij futbolga pul tikish (stavka) qoidalarini buzgan deb topildi.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli angliyalik futbolchi yuqoridagi holat yuzasidan 6 haftaga futboldan chetlatildi. Bundan tashqari 83,5 ming evro jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

Gap shundaki, Starrij o‘z akasiga “Sevilya”ga o‘tishga yaqin ekanligini va undan ushbu transferga pul tikishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Starrijning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etgan edi. Shu bois u ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!