
Stefanos Tsitsipas mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi
Avstraliyada o‘tayotgan "ATP Cup" turnirining guruh bosqichida Kanada va Gretsiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda.
Yakkalik bahslarining ikkinchi uchrashuvida Denis Shapovalov (Kanada) va Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) raqobatlashdi. Unda Denis raqibini har ikkala setda tay-brekda mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi terma jamoalar juftliklar o‘rtasida raqobatlashadi. Ushbu o‘yinda F.Oje va D.Shapovalov tandemi M.Pervolarakis va S.Tsitsipas duetiga qarshi kortga tushadi.
Fikrlar