
Sten Vavrinka uchinchi davraga yo‘l oldi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "Katta dubulg‘a" turkumina kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida zafar quchdi.
U mazkur bosqichda chililik Kristian Garinga qarshi kortga chiqdi. Parij shahrida o‘tgan ushbu o‘yinda, Sten 6:1, 6:4, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Vavrinka turnirning uchinchi davrasida bolgariyalik Grigor Dimitrov, yoki xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar