
Stenddan o‘q otish. Sadirov O‘zbekiston tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Qozog‘iston stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qit’a birinchiligida vakilimiz Shohruh Sadirov tarixiy natija qayd etdi. Gap shundaki, yoshlar toifasida trap yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz merganlik mahoratini namoyish etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Qayd etish joiz, bu O‘zbekiston uchun Osiyo miqyosidagi dastlabki chempionlik hisoblanadi. Quyida kuchli uchlik bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:
1. Shohruh Sadirov (O‘zbekiston)
2. Maksim Bedarev (Qozog‘iston)
3. Muhammad Beyranvard (Eron).
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar