Sterling "Chelsi"ning etakchisi bo‘ladi
Taniqli sobiq futbolchi, o‘z vaqtida APLning turli klublari sharafini himoya qilgan Pol Merson Rahim Sterlingning "Chelsi"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
"Sterling yaxshi formada bo‘lsa, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ladi. Bu yigit nimalarga qodirligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Agar Rahim "Chelsi"ga o‘tsa, u London jamoasida etakchi bo‘ladi. Ingliz o‘yinni qanday o‘zgartirishni, hujumda faol harakatlanishni va muhimi, gol urishni juda yaxshi biladi.
Agar "aristokratlar" Sterlingni qo‘lga kiritsa, chempionlik uchun imkoniyatlarini ancha oshirib olgan bo‘lardi", - dedi sobiq futbolchi.
Fikrlar