Sterling Gvardiolaga qaysi jamoaga o‘tishini aytdi

  • 22 noyabr, 2021, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning qimmatbaho futbolchisi Rahim Sterling Angliya chempionatini tark etish fikrini o‘zgartirgani yo‘q.

Tecno

Tajribali o‘yinchi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga “Barselona”ga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgani aytilmoqda.

Gvardiola ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan angliyalik shogirdining ketishiga qarshi emas. Shu bois, mutaxassislar Sterlingning yanvarda “Barselona”ga ijaraga berilishi haqiqatga yaqinligini ta’kidlayapti.

Rahim Sterling joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bir juft assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!