
Sterling: Mening gollarim sovrinlarsiz hech qanday ahamiyatga ega emas
“Manchester Siti” klubi forvardi Raxim Sterling jamoasi sovrin yutmasa, uning gollari hech qanday ahamiyat kasb etmasligini aytdi.
“Mening gollarim sovrinlarsiz hech narsani anglatmaydi, ammo, g‘alabadan so‘ng urgan gollarim menga rohat bag‘ishlaydi. Jamoamiz ishtirok etayotgan har qanday musobaqada faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi. Bu Angliya premer-ligasi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasi”, - deydi Sterling.
Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “shaharliklar” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar