Sterling o‘z yubileylarini nishonladi

  • 8 avgust, 2020, 00:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichining "Real"ga qarshi kechayotgan javob uchrashuvida hisobni ochdi.

25 yoshli futbolchi Rafael Varanning qo‘pol xatosidan so‘ng, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu gol angliyalik futbolchi uchun "Man Siti" libosidagi 100-si bo‘ldi. 1981 yildan buyon, hech bir ingliz futbolchisi "shaharliklar" safida bunday natijaga erishmagandi.

Bundan tashqari, Sterling EChLdagi 20-goliga mualliflik qildi va ko‘rsatkichga erishgan oltinchi ingliz futbolchisi bo‘lib, tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!