
Sterling o‘zi o‘qigan maktab bolalariga "Uembli"dagi o‘yin uchun 550ta chipta sovg‘a qildi
“Manchester Siti” klubi forvardi Raxim Sterling “Uembli”da bo‘lib o‘tadigan Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi bahsga o‘zi taqsil olgan maktabning 550 nafar o‘quvchisiga o‘z hisobidan chipta olib berdi.
Ma’lumot uchun, Sterling Angliyaga 5 yoshida Yamaykadan ko‘chib kelgan. U o‘qigan maktab hozir Ark Elvin Academy deb nomlanadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu maktabning qariyb 92 foiz o‘quvchilarini etnik kam davlat vakillari tashkil etadi. O‘quvchilarning 36 foiziga bepul ovqat beriladi. Ushbu maktabda 50dan ortiq tilda so‘zlashishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Brayton” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Fikrlar