Sterling Yaya Tureni ortda qoldirdi

  • 12.07.2020 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” forvardi Raxim Sterling kecha APLning 35-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga (5:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

25 yoshli angliyalik futbolchi “shaharliklar” safidagi 63-, 64- va 65-golini urdi. Shu tariqa u “Siti”ning APLdagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida Yaya Tureni (62) ortda qoldirdi va 2-o‘ringa chiqib oldi.

Bu boradagi eng mutlaq rekordchi esa Serxio Aguero hisoblanadi. Argentinalik forvard “Siti” safida premer-ligada 180 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!