Stol tennisi. Toshkentda Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi turnir bo‘lib o‘tadi

  • 7 may, 2024, 12:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

17-19 may kunlari Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnir bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari o‘rtasida kechadigan bahslar erkaklar va ayollar o‘rtasida yakkalik yo‘nalishida tashkil etilib, unda faqat oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar Olimpiada ishtirokchisiga aylanishadi.

Tecno

Musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron, Turkmaniston va Qirg‘izistondan 18 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bo‘lajak turnirda quyidagi sportchilarimiz Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi:

Erkaklar: Zohid Kenjaev va Shohruh Iskandarov;
Ayollar: Marhabo Magdieva va Rozalina Xadjaeva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!