
"Strandja", Final: Abdumalik Halokovdan chiroyli jang va u chempion!
"Strandja" turnirida ishtirok etayotgan eng nomdor bokschilarimizdan biri Abdumalik Halokov final bahsida Tojikiston vakili Asror Vohidovga qarshi bahs yuritdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Vohidov yarim finalda yana bir hamyurtimiz Dilshod Abdumurodovdan ustun kelgandi.
"klass" borasida anchagina ustun bo‘lgan Halokov raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchib, delegatsiyamiz tarkibiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Fikrlar