"Strandja" turniri. Hamyurtimiz Qozog‘istonlik vakilini musobaqadan chiqarib tashladi

  • 23.02.2026 17:40
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bugundan Bolgariyaning Sofiya shahrida anʼanaviy 77 "Strandja" xalqaro turniri boshlandi. Ilk kungi uchrashuvlardan 7 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi. 

Yurishimizni -50 kg vazn toifasidagi vakilimiz Asilbek Jalilov boshlab berdi. U qozoqistonlik Bekzat Aldamjarovga qarshi ringga ko‘tarildi.  Murosasiz kechgan jangda Asilbek raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, biz oldinda yana bir vakilimiz Abdulaziz Jo‘raqulov hamda Muhammadsabir Bazarbay Uulu (Qozoqiston) to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!