Strotman yana "Roma"ga qaytishi mumkin

  • 04.07.2019 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Marsel" klubi yarim himoyachisi Kevin Strotman yana "Roma"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan bir yil muqaddam rimliklar murabbiyi 29 yoshli gollandiyalik futbolchini tarkibda ko‘rishni xohlamayotgani bois uni frantsuz klubiga 25 mln evro evaziga sottirib yuborgan edi. Biroq, jamoaning yangi ustozi Paulu Fonseke uni yana Rimga qaytarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Strotman o‘tgan mavsum “Marsel” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!