
Suares La Ligadagi yubiley golini urdi
“Atletiko” forvardi Luis Suares ayni damda “Selta”ga qarshi kechayotgan bahsda hisobni ochdi.
E’tiborlisi, bu urugvaylik hujumchi uchun La Ligadagi yubiley 150-gol bo‘ldi. Suares ushbu gollarning 147 tasini “Barselona” safida, 3 tasini “Atletiko” libosida kiritgan.
Suares “Atletiko”ga joriy yozgi transferlar davrida ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar