Suaresga Evropaning 5 ta klubi da’vogarlik qilmoqda

  • 21 sentabr, 2022, 13:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvayning "Nacional" hujumchisi Luis Suares JCh-2022dan keyin Evropaga qaytishi mumkin.

"The Mirror" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi uchun "Ayaks", "Aston Villa", "Vulverxemton", "Nitstsa" va "Marsel" kabi jamoalar da’vogarlik qilmoqda. Suaresning "Nasonal" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, klub prezidenti Xose Fuentes Suaresning shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etishini ma’lum qilgandi.

Forvard joriy mavsum Urugvay klubi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!