Sud "Real"ning Negreyra ishi bo‘yicha hujjatlar talabini rad etdi
Sud "Real" tomonidan Negreyra ishi bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish haqidagi so‘rovni rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) qo‘shidagi hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘langan mablag‘lar yuzasidan pora berish aybi qo‘yilgan edi. Sud 2001 yildan 2018 yilga qadar "Barselona" tomonidan Negreyraga bir necha million yevro to‘langanini jinoyat deb baholagan.
Sudda xususiy ayblovchi sifatida ishtirok etayotgan "Real" Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlarga oid hujjatlar, jumladan auditorlik tekshiruvlari, kompleks tekshiruv hisobotlari va yillik moliyaviy hisobotlar bilan tanishishni so‘ragan. "Barselona"ning sobiq prezidenti Jozep Bartomeu esa "Real"ning bu talabini rad etib, madridliklar ushbu materiallardan sud jarayoniga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda foydalanishi mumkinligini bildirgan.
Sud "Real"ning 2003–2021 yillar oralig‘idagi moliyaviy hisobotlar, shu jumladan auditorlik xulosalariga kirish huquqini berish haqidagi talabini asossiz deb topdi va uni qanoatlantirmadi.
Bundan faqat "Barselona" birinchi jamoasi delegati Karlos Navalning ko‘rsatmalari mustasno bo‘ldi. U 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan tinglovda guvohlik beradi. Qayd etilishicha, "Real" ushbu qaror ustidan uch kun ichida shikoyat qilish huquqiga ega.
Fikrlar