Sulsher 150 million funtlik transferni amalga oshiradi

  • 4 mart, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” rahbariyati Sulsherga yozda o‘zi istagan futbolchilarni olish uchun 150 million funt ajratishga qaror qildi.

Norvegiyalik mutaxassis bu summaga uch nafar futbolchini sotib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsherning ro‘yxatidan birinchilardan bo‘lib, Jeydon Sancho o‘rin olgan. Shuningdek, jamoa markaziy yarim himoyachi va himoyachiga ham ehtiyoj sezmoqda.  

“Borussiya” yozda Erling Xolandni saqlab qolib, Jeydon Sanchoni sotib yuborishga qaror qilgan. Uning transferi manchesterliklarga 90 million funt atrofida tushadi. Agar Sulsherning rejasi amalga oshmasa, MYu 50 million funtga Antuan Grizmanni olib keladi.

Sulsher taklif qilmoqchi bo‘layotgan himoyachilar ro‘yxatida “Real”dan Rafael Varan, “Fiorentina” vakili Nikola Milenkovich va “Torino” futbolchisi Nikolya Nkulu bor.

“Vest Xem”dan Deklan Rays va Tomash Sauchek, “Renn”an Eduardo Kamavinga, “Borussiya Myonxengladbax”dan Denis Zakariya va “Lester”dan Uilfred Ndidi mayjon markazida o‘ynash uchun chaqirtirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!