Sulsher “Barsa” yulduzini oladi
“Manchester Yuntayed” bosh murabbiyi Sulsher “Barselona”ning eng qimmat o‘yinchilaridan biri Usmon Dembeleni o‘z tarkibiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q.
Inglizlar qishki transferlar vaqtida ushbu transfer bo‘yicha kataloniyaliklarga murojaat qiladigan bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmagani uchun klub rahbariyati tarkibni kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratishga qaror qildi. Shu maqsadda, manchesterliklar Usmon Dembeleni keyinchalik sotib olish huquqi bilan qishda ijaraga olmoqchi.
Frantsiyalik hujumkor futbolchi joriy mavsumda La Ligada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Kataloniyaliklar ham 23 yoshli o‘yinchining ketishiga qarshi emas.
Fikrlar