Sulsher kimni tanlaydi?

  • 17 avgust, 2020, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” yangi mavsum oldidan asosiy darvozabon masalasini hal qilib olishi kerak. Jamoaning asosiy darvozaboni David de Xea o‘z faoliyati davomidagi eng yomon mavsumini o‘tkazdi.  U barcha turnirlarda o‘z darvozasiga gol bilan yakunlangan kamida ettita xatoga yo‘q qo‘ydi.

Shuning uchun Sulsher yangi darvozabon qidirmoqda. U “Sheffild” tarkibida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Din Xendersonga imkoniyat berishni ham o‘ylamoqda. Bu golkiper “Sheffild”ning premer-ligaga chiqishiga va o‘tgan mavsumda musobaqa jadvalining yuqori qismidan joy olishiga munosib hissa qo‘shdi.

- Men eng zo‘r darvozabonlarga ega bo‘lgan murabbiyman shekilli. Hozir ixtiyorimda David de Xea, Serxio Romero va ijaradan qaytayotgan Din Xenderson kabi golkiperlar bor, - dedi Sulsher.

j9fsrml4qds-730x411

23 yoshli Din Xendersonning o‘zi ham klubda birinchi raqam uchun kurashishga tayyorligini va unga imkon berishlarini so‘ragan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!