Sulsher ko‘p gol uradigan hujumchini ko‘zladi

  • 24 aprel, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubdan ketishga tayyorlanayotgan Edinson Kavanining o‘rniga sermahsul to‘purar olishga qaror qildi. Urugvaylik hujumchi Angliyadan ketib, o‘zi bolaligidan muxlislik qiladigan “Boka Xuniors”ga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Ule-Gunnar Sulsher yoshi o‘tib qolgan Kavani o‘rniga “Ayntraxt” yulduziga aylangan Andre Silvani olib kelishni istamoqda.

Portugaliya terma jaomasining 25 yoshli hujumchisi Bundesliga klubida 2023 yilning yozigacha to‘p surishi kerak. Biroq, 42 million evro to‘laydigan jamoa uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.

Andre Silva joriy mavsumda Germaniya chempionatida 27 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 23 marta aniq nishonga oldi va jamoadoshlariga ettita golli pas oshirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!