
Sulsher Manchesterdan ketsa, unga boshqa ish tayyor
Anchadan beri “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning iste’fosi kutilmoqda. Transfer bozoridagi qimmatbaho xarajatlarga qaramay, norvegiyalik mutaxassis raqobatbardosh jamoa tuza olgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsher o‘z vazifasidan ozod etilgan taqdirda ham ishsiz qolmaydi. Agar vaziyat iste’fo bilan yakunlansa, yosh murabbiyda Norvegiya terma jamoasini boshqarish imkoni paydo bo‘ladi.
Biroq Sulsher yangi ishga kirishish oldidan qisqa muddatli tanaffus olishi va o‘zining futboldagi qarashlari tahlil qilib chiqishi talab etiladi.
Fikrlar