
Sulsher MYuning kamchiligi nimada ekanligini aytdi
"Biz o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishimiz kerak. Aynan shu narsa ustimizda ishlashimiz kerak. Biz standart vaziyatlardan so‘ng 3 ta to‘p o‘tkazib yubordik. "Bornmut" umuman birgina imkoniyatdag gol kiritib ketdi.
Biz raqiblarga o‘yindan golli vaziyatlar yaratishga yo‘l qo‘ymayapmiz - bu yaxshi, ammo yuqoridagi ta’kidlagan narsalar ustida ishlashimiz kerak", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" joriy mavsumdagi 20 o‘yinning faqatgina ikkitasida o‘z darvozasi dahlsizligin saqlab qola oldi xolos.
Fikrlar