
Sulsher: Pogbaning jamoada qolishiga umid qilaman, lekin hech narsaga kafolat bermayman
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher frantsiyalik xavbek Pol Pogbaning jamoadagi kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ishonchim komilki, Pogba jamoamizda qolib, shu erda muvaffaqiyat qozonishga qaror qiladi.
U vaziyatlar yaratadi va gollar uradi. Pol fantastik darajada o‘yin ko‘rsatadi. Pogba “Manchester Yunayted”ning etakchisi hisoblanadi va umid qilamanki u jamoada qoladi. Ammo, hech narsaga kafolat bera olmayman”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba MYu bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortayotgani va “Real”ga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar