
Sulsher Pogbaning o‘rnini kim egallashini oshkor qildi
Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etish arafasida turibdi. Bosh murabbiy Sulsher uning o‘rnini qaysi futbolchi egallashini o‘zi uchun hal qilib bo‘lgan.
Norvegiyalik mutaxassis maydon markazidagi etakchilikni “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilishga topshirmoqchi. Klub rahbariyati yaqinda Sulsherga ishonch bildirishda davom etishini ta’kidlab, uni qo‘llab-quvvatlash uchun yozgi transferlarga katta summa ajratilishini bildirgan.
Jek Grilish maydon markazidan ishonchli o‘yin ko‘rsata olishdan tashqari, qanot hujumchisi sifatida ham samarali harakat qiladi.
Fikrlar