
Sulsher raqib futbolchisiga xaridor bo‘lyapti
“Lester” yarim himoyachisi Uilfred Ndidi “Manchester Yunayted” e’tiboriga tushdi.
Ule-Gunnar Sulsher nigeriyalik futbolchi jamoa tarkibini kuchaytira olishiga ishonmoqda. Ndidining “tulkilar” bilan hamkorligi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Uning transferi 60 million evroga baholanyapti.
Shunga qaramay, manchesterliklar bu o‘yinchini qo‘lga kiritishga hozirlik qilmoqda. Ndidi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.
24 yoshi o‘yinchining o‘zi ham kuchliroq klubga o‘tishga qarshi emas.
Fikrlar